Noqonuniy pul savdosi bilan shug’ullangan “valyutchik”lar qo’lga tushdi
Baliqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valiyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.K. fuqaro S.X.ga jami 4 000 AQSH dollarini 51 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Buxoro viloyatida fuqaro U.J. Peshku tumani “Chibog‘oni” MFY huddidagi savdo do‘konida fuqaro Z.N.dan 3 200 AQSH dollarini 40,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida qo’lga tushdi.
Oltinko‘l tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro B.N. fuqaro S.U.ga 3 500 AQSH dollarini 44,8 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 400 AQSH dollarini bergan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 2 496 AQSH dollari, 4 500 Rossiya rubli va 1 600 Turk lirasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar