Toshkent shahrida noqonuniy tashqi reklama obyektlari qolmaydi
Toshkent shahar hokimining 2024-yil 16-iyuldagi qaroriga muvofiq joriy yilning 1-iyuniga qadar qonuniylashtirilmagan tashqi reklama obyektlari poytaxt yo‘llaridan bartaraf etiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Demontaj ishlari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” MCHJ tomonidan amalga oshirilib, obyektlar elektr ta’minotidan uziladi. Milliy gvardiya xodimlari esa demontaj ishlari vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ko‘mak beradi.
Mazkur ishlar yil yakuniga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Ulashish:
Sharhlar