Noqonuniy valyuta ayirboshlagan shaxslar qo‘lga olindi
Kattaqo‘rg‘on shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘allanib kelgan Z.P fuqaro D.B.ga jami 3 500 AQSH dollarini 44,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida uning yonidan 715 ming so‘m dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Bulung‘ur tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘llanib kelgan S.M fuqaro M.Aga jami 3 500 AQSH dollarini 44,5 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 1 755 AQSH dollari va 7,9 mln so‘m dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar