Noqonuniy valyuta ayirboshlovchilar qo‘lga olindi

Фото: department_uz

Yakkabog‘ tumani prokuraturasining DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.J. jami 3 950 AQSH dollarini fuqaro B.K.ga 49,2 mln so‘mga sotgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Yana shunga o‘xshash holat Amudaryo tumani prokuraturasining DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.A. fuqaro D.R.dan jami 3 500 AQSH dollarini 43,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

“Qamashida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirshboshlash bilan shug‘ullanib kelgan T.M., B.D. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro I.M.ga 37,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.