Noqonuniy valyuta savdosi bilan shug’ullanayotgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Q. fuqaro A.G.ga jami 3 400 AQSH dollarini 43,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Tadbir davomida uning yonidan 6 500 Rossiya rubli, 67 mln so‘m va 5 yevro pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar