Normat Tursunov nomzodi Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Bugun xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qonunchilikka asosan, viloyat hokimi lavozimiga nomzod prezident tomonidan ko‘rsatilib, partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi. Bugungi sessiya davomidagi maslahatlashuv natijalariga ko‘ra, Tursunov Normat Tulkunovich bir ovozdan Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ulashish:
Sharhlar