Farzandni chet elga olib chiqish uchun rozilikni notarial idoraga bormasdan rasmiylashtirish mumkin bo‘ldi
Endi o‘zbekistonliklar farzandini chet elga olib chiqish uchun notarial tasdiqlangan rozilik berishni notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinbayeva ma’lum qildi.
Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Voyaga yetmagan farzandini chet elga olib chiqish uchun rozilik” berishni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
- Rozilik beruvchi qaysi farzandini chet elga olib chiqish uchun farzandlar ro‘yhatidan tanlaydi;
- shundan so‘ng hamrohlik qiluvchi shaxsning shaxsga oid ma’lumotlarini kiritadi;
- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Ushbu notarial harakatni uydan yoki ish joyidan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefon orqali 15 minutda rasmiylashtirish mumkin, deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar