Notariusga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko’paydi
Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko’paydi, deb xabar bermoqda Adliya Vazirligi matbuot kotibi.
Endilikda siz:
- er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan ko’chmas mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini;
- avtomototrnasport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qoʻyish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini;
- hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirishingiz mumkin.
Ulashish:
Sharhlar