Notcoin sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaroning pullari “uxlatildi”

Foto: kiberxavfsizlik

Surxondaryo viloyatida yashovchi 18 yoshli B.D. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 1.257.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi J.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi J.A., jabrlanuvchi B.D. bilan telegram orqali tanishib, unga kriptovalyuta (Notcoin) sotishini aytib uni aldab, oldindan 1.257.000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.