“Notcoin” sotmoqchi bo‘lgan 1.400.000 so‘mga “uxladi”
Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli H.J. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1.400.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi 18 yoshli F.E. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi F.E., telegram messenjeri orqali H.J. bilan gaplashib, unga “Notcoin” sotib olishini aytgan va uni qiziqtirib, to‘lovni oldindan amalga oshirishi kerakligini aytgan va 1.400.000 so‘m pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan F.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar