Primoryeda qizni taksiga qamab qo’ygan o‘zbekistonlik aeroportda qo‘lga olindi
Novosibirskda 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.U. qo‘lga olindi va Primorsk o‘lkasida qizni taksiga qamab qo‘yganlikda gumon qilinmoqda.
OAV maʼlumotlariga koʻra, 29-sentabr kuni qiz Vladivostokdan Artem shahriga borish uchun taksi chaqirgan. Yo‘lda haydovchi uni ranjitib, behayo takliflar qila boshlagan va yo‘lovchi tushmoqchi bo‘lganida, uni mashinada ushlab tura boshlagan.
Unga qizni qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Shundan so‘ng, muhojir Novosibirskka qochib ketgan va u yerdan Rossiya Federatsiyasidan uchib ketmoqchi bo‘lgan paytida aeroportda hibsga olingan.
Yaqin vaqt ichida erkak tergov harakatlari uchun Vladivostokga olib ketiladi, deb xabar berdi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Primorsk o‘lkasi bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasining Telegram-kanalida.
Sharhlar