Novosibirsk oblastida muhojirlarga bolalar bog‘chalarida ishlashni taqiqlashmoqchi

Российская пенсионерка прописала в двух своих квартирах 11 тысяч мигрантов
Фото: azeros.ru

2025-yildan boshlab Rossiyaning Novosibirsk oblastidagi mehnat muhojirlari patent asosida maktabgacha ta’lim sohasida ishlay olmaydi. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday farmonni oblast gubernatori Andrey Travnikov noyabr oyi boshida “Rossiya fuqarolarini ish bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat berish va ichki mehnat migratsiyasini rag‘batlantirish maqsadida” imzolagan.

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yilning 1-martiga qadar xo‘jalik yurituvchi subуektlar “chet ellik ishchilar sonini qaror talablari va Rossiya Federatsiyasi mehnat qonunchiligiga muvofiq keltirishi” kerak.

Ilgari Novosibirsk hukumati muhojirlarni taksida ishlash, tamaki mahsulotlari va ichimliklar chakana savdosi bilan shug‘ullanish uchun yollashni taqiqlagan edi. Hujjatga ko‘ra, taqiq 2024-yilga, jumladan, “milliy xavfsizlikni ta’minlash” uchun belgilangan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.