Novosibirskda 1,5 yoshli qizini zo‘ravonlik natijasida o‘ldirgan o‘zbek ayoli 4 yilga qamaldi

Foto: СУ СК России по Новосибирской области
Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikka tortildi. Oktabr tumani bo‘yicha tergov bo‘limi to‘plagan dalillar Novosibirsk viloyati sudida yetarli deb topildi va unga nisbatan hukm chiqarildi. Ayol Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi «g» bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash, ya’ni tizimli ravishda kaltaklash yoki ruhiy azob yetkazish) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Tergov va sudning aniqlashicha, 2021-yil iyunidan avgustiga qadar ayol o‘zining 1,5 yoshli qizini tarbiyalash jarayonida doimiy ravishda unga jismoniy va ruhiy zarar yetkazgan. Hatto kichik sabablarga ko‘ra ham bolani kaltaklagan. Avgust oyida qizcha vafot etgan, ammo ayol bu holat yuzasidan tibbiy muassasalarga murojaat qilmagan va o‘z qizi jasadini mustaqil ravishda ko‘mgan.

Sud tergovning dalillarini inobatga olib, ayolni aybdor deb topdi va unga 4 yil umumiy tartibdagi koloniyada jazo tayinladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.