Novosibirskdagi vaqtincha saqlash muassasadagi o’zbekistonliklar holidan xabar olindi
O’zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari Rossiyaning Novosibirsk shahridagi vaqtincha saqlash muassasadagi o’zbekistonlik fuqarolarni qo’llab-quvvatlash maqsadida xayriya aksiyasi tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Bosh konsulxona xodimlari va o’zbek jamiyati faollari sa’y-harakati bilan muassasadagi hamyurtlar uchun 150 kishiga osh tayyorlandi.
Yurtdoshlar bilan o’tkazilgan muloqotlar chog’ida, ayniqsa, ularni Vatanga tezroq qaytarish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Vaqtincha saqlash muassasasi rahbariyatining so’zlariga ko’ra, bu Novosibirskdagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar orasida ilk bor o’tkazilayotgan va vaqtinchalik saqlab turilgan fuqarolarga yaxshi kayfiyat ulashishga qaratilgan o’ziga xos tadbirdir.
Sharhlar