Nukus aeroporti tender savdolarini o‘tkazishda qonunchilikni buzgani ma’lum bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Nukus” xalqaro aeroportiga nisbatan tender o‘tkazish vaqtida qonunbuzarlik sodir etgani uchun ish qo‘zg‘atilgan.
Davlat xaridlari portali orqali qiymati 120 million so‘mlik tender savdolari o‘tkazilayotganida korxona tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablari bajarilmagan.
Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Nukus xalqaro aeroporti” MChJga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori talablarini buzganligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgan.
Ulashish:
Sharhlar