Nukusdagi harbiy qismlarga O‘zbekistonda yig‘ilgan “KAMAZ”lar topshirildi
Nukus garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining jangovar va harbiy texnikalarni saqlash parkida Mudofaa vazirligi tomonidan xarid qilingan yangi harbiy texnikalarni tantanali tarzda foydalanishga topshirish marosimi oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
Mazkur texnikalar Samarqandda “KAMAZ” rusumli avtoulovlarni yigʻishga moʻljallangan “UzAvto Trailer” MCHJning 2019-yildan faoliyatini boshlagan ishlab chiqarish liniyasida yigʻilgan.
“Ushbu texnika mamlakatimizning shimoliy sarhadlari tabiati, relyefi hamda iqlimi uchun juda mos boʻlib, qumli choʻl sharoitida yoʻltanlamas sifatida oʻzini namoyon eta olgan. 11 tonnadan ortiq yuk koʻtarishi va turli notekis yoʻllardan ravon harakatlana olishi avtomobilning harbiy soha uchun kerakli texnika sifatida baholanadi”, — deyiladi xabarda.
Sharhlar