Toshkentda Nukus ko‘chasi avgustga qadar qisman yopiladi
Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan Nukus ko‘chasining bir qismida avtomobil harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
VEOLIA ENERGY TASHKENT MCHJ korxonasi tomonidan 20-iyuldan boshlab 2-avgust sanasiga qadar Nukus ko‘chasida diametri 400 mm bo‘lgan 780 p/m magistral issiqlik quvurlari yangisiga almashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan Nukus — Shevchenko chorrahasidan Nukus — Farg‘ona yo‘ligacha bo‘lgan qismida harakatlanish yo‘lning bitta chizig‘i orqali amalga oshiriladi.
Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilindi.
Ulashish:
Sharhlar