Nukus va Mang‘istau kurort hududi orasida yo‘lovchi poyezdlari yo‘lga qo‘yiladi
22-avgustdan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Nukus va Qozog‘istonning Mang‘istau oblasti orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Poyezdlar haftasiga uch marta qatnaydi:
– 650-sonli Nukus – Mang‘istau yo‘nalishidagi poyezd payshanba, shanba va seshanba kunlari soat 20:16 da jo‘nab, Mang‘istauga 17:14 da yetib keladi.
– 649-sonli Mangistau – Nukus poyezdi juma, yakshanba va chorshanba kunlari soat 18:54 da jo‘nab, Nukusga 15:22 da yetib keladi.
Mang‘istau oblasti o‘zining noyob tabiiy landshaftlari, boy tarixi va madaniy merosi, shuningdek, rivojlangan turizm infratuzilmasi, jumladan, qulay mehmonxonalari va ekotur markazlari bilan mashhur.
Ulashish:
Sharhlar