Nukus xalqaro aeroporti Raqobat qo’mitasi e’lon qilgan xabarga munosabat bildirdi
Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi tomonidan ish qo’zg’atilganligi haqida xabar bergan edik. Aeroport ushbu holatga munosabat bildirdi.
Joriy yilning iyul oyida Nukus xalqaro aeroporti aeroport binosi fasadida “Uzbekistan Airports” logotipi tushirilgan “NOKIS XALIQARALIQ AEROPORTI” va “NUKUS INTERNATIONAL AIRPORT” svetodiodli yozuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi taklif uchun tanlov o’tkazdi. Tanlovda yettita kompaniya ishtirok etgan va barcha me’zonlar bo’yicha baholash natijalariga ko‘ra 2024-yil 16-iyul kuni “Usnatdin Zamira Ok” kompaniyasi g‘olib, “Qajimuxan Seyilxan” MChJ esa zaxira g‘olibi deb topilgan.
Xabarga ko’ra, g‘olib e’lon qilingandan so‘ng tanlovda ishtirok etgan “Bes Qala Stroy” kompaniyasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Nukus xalqaro aeroporti tomonidan nohaq tanlov o’tkazilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan. O’z navbatida, boshqa ishtirokchilardan farqli o’laroq, bunday LED yozuvlarni ishlab chiqarishda umuman tajribaga ega emas ushbu kompaniya baholash davomida yetarli miqdordagi ballarni to’play olmagan.
Ushbu holat tafsilotlarini aniqlash jarayonida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi eng yaxshi takliflarni aniqlash davomida ishtirokchilarni baholash tizimi bo’yicha o’z ko’rsatmalarini bergan. Shuni ta’kidlash kerakki, qo‘mita tomonidan Nukus aeroportiga nisbatan (ma’muriy, iqtisodiy, jinoiy) hech qanday sud ishi qo‘zg‘atilmagan. Qo’mitaning barcha tavsiyalari aeroport tomonidan ijro uchun qabul qilingan.
Sharhlar