Nukusda universitet rektori o‘rinbosari 2 000 AQSH dollari bilan ushlandi

Фото: Департамент

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqaro T.Ye. fuqaro S.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu universitetning Nukus filiali direktori o‘rinbosari R.X. fuqaro S.S.ni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.