Nurafshonda salkam 7 kilogramlik chaqaloq tug’ildi

Foto: uznews

Toshkent viloyati Nurafshon shahar Tug‘ruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda viloyat SSB Matbuot xizmati xabar qildi.

Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Bu ayolning ikkinchi farzandi va u farzandini kesarcha kesish orqali dunyoga keltirildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayevaning ma’lum qilishicha, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida va bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.