Nurxon Qurbonova delegatsiyamizga 10-oltin medalni olib keldi

Фото: paralympic.uz

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi bahslari ajoyib yangilik bilan boshlandi. Para yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova F54 klassida nayza uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshimiz musobaqada 21.12 metr natija qayd etib, yangi jahon rekordini ham oʻrnatishga erishdi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.