Nyu-York meri olti mamlakatdan, shu jumladan О‘zbekistondan ham moliyaviy mablag‘lar olishda gumon qilinmoqda

Фото: EA Daily

О‘tgan yili shahar meri Erik Adams alohida federal tergov doirasida o‘z telefonlarini topshirdi. Bundan maqsad 2021-yilgi saylov kampaniyasi uchun Turkiya fuqarolari va hukumat amaldorlaridan noqonuniy xayriya olgan yoki olmaganligini aniqlash edi.

The New York Times gazetasining yozishicha, bu boradagi tergov nafaqat Turkiyani, balki Isroil, Qatar, Xitoy, Janubiy Koreya va О‘zbekistonni ham qamrab olgan. Adams О‘zbekistonda bo‘lmagan.

Tergovchilar Adamsning kampaniyasi Turkiya hukumati bilan 2021-yilgi saylovlar oldidan chet eldan noqonuniy xayriya olish maqsadida til biriktirganmi yoki yo‘qligini tekshirmoqda. Shuningdek, mer xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarga qaramay,  Turkiyaning yangi konsullik binosin qurilishiga ruxsat berish uchun o‘t o‘chirish xizmatiga bosim o‘tkazgani haqidagi gumonlar tekshirilmoqda.

“Ushbu o‘z ishiga sadoqatli jamoa Nyu-York tarixidagi eng xilma-xil ma’muriyatlardan biridir. Ular bizni yaxshi tanish vazifaga erishish sari yetaklashda davom etmoqda”,  deydi Adams.

Mer Adams Bronksdagi jamoatchilik bilan uchrashuvda uning ma’muriyati o‘z e’tiborini shaharga xizmat ko‘rsatishga qaratganini bildirgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.