O’g’irlanayotgan kanalizatsiya qopqoqlari metallalomdan topildi

Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxtda sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etish va oldini olish borasida o’tkazilgan tezkor tadbirda so‘nggi paytlarda poytaxtda kuzatilayotgan kanalizatsiya qopqoqlarini o‘g‘irlanishi holatlari ham IIBB xodimlari eʼtiboridan chetda qolmadi.

Bu toifadagi jinoyatlarni fosh qilish maqsadida har bir holat tekshirilmoqda. Jumladan, poytaxt hududidagi metallolom qabul qilish shaxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada bir nechta shaxobchalarda metallalom orasida kanalizatsiya qopqoqlari borligi aniqlandi va ular yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz kanalizatsiya qopqoqlari o‘g‘irlanishi holatlariga guvoh bo‘lsangiz darhol 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.