O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunga vizasiz rejimni joriy etdi
O‘mon Sultonligi O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatda 14 kun davomida vizasiz qolish tartibini joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar beradi.
Shu bilan birga, ushbu muddatdan ko‘proq vaqt davomida mamlakatda qolish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari O‘mon aeroportida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda O‘mon fuqarolari uchun 10 kunlik muddatga vizasiz tartib o‘rnatilgan.
Ulashish:
Sharhlar