O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Farg‘ona viloyatida fuqaro I.O. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi oliygohlarda o‘qiganlik haqida soxta hujjat tayyorlab, uning o‘qishini Namangan viloyatidagi nodavlat oliy ta’lim muassasiga ko‘chirib berish evaziga 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
Qo‘rg‘ontepa tumanida fuqarolar P.X. va X.A. oldindan o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, uni 4 000 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jizzax davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishlarini aytib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo’lga tushgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa fuqaro A.U. fuqaro G.U.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi institutda o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berish orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 14 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar