O‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo’lgan o‘qituvchi va fuaqarolar ushlandi

Foto: departament

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kafedra o‘qituvchisi A.A. fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali ushbu institutning “Belarus” texnika universiteti hamkorligidagi menejment yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Andijon shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.K. (muqaddam sudlangan) va A.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiya universitetidan o‘qishini Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 300 AQSH dollari va 9,4 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, T.K. va A.X. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib 900 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.