O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihon sanalari e’lon qilindi

Фото: Samdu

2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-21-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Xabarda ruxsatnomalar va imtihon sanalari aniq bo‘lgach, qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlangan.

Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.

Avvalroq, jami 43 882 nafar talaba o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.