Oʻqishni koʻchirish uchun qabul boshlanishiga 2 kun qoldi
Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar
- Ariza
- Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi
- Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun)
Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo‘lib o‘tadi.
Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.
OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.
Sharhlar