Haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo’lgan firibgarlar ushlandi

Foto: departament

Departamentning Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida o‘quv kurslariga qatnashmasdan 1 400 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 300 AQSH dollari va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Navoiy viloyati Navoiy shahrida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Ch.Ya. fuqaro M.J.ga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 15 mln so‘m pullarni olgan paytida dalillar bilanqo’lga tushgan.

Yangiyo‘l shaharida fuqaro G.T. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro X.M.ga tanishlari orqali o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.