O‘quvchilar igna sanchish bilan jazolangan bo’lishi mumkin

Foto: Ombudsmon

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar tarqalgan edi. Bu bo’yicha bolalar ombudsmani ma’lumot bermoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14-oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1-sinfda tahsil olayotgan qizi Gʻ.O. (2017-yilda tug’ilgan) ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna tiqqanligi va xojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganligini bildirgan.

Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan Gʻ.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan ombudsman.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.