“O‘zarxiv” agentligiga joriy yilning 1 yarim yilligida jami 1006 ta murojaat kelib tushdi

“O‘zarxiv” agentligiga 2024-yil 1 yarim yillik davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1006 ta murojaat kelib tushgan.

Shuningdek:

2024-yil 1 yarim yillik davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar jami 250 350 ta kelib tushib, ijrosi ta’minlangan.

Respublikada arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yil 1 yarim yilligiga mo‘ljallangan rejasi 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarilgan.

2024-yil hisobot davriga, O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1 082,3 ming saqlov birligidagi 74,4 mln. kadr raqamlashtirilgan.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2024-yil boshidan 62,2 ming saqlov birligidagi qariyb 7,2 mln. kadr raqamlashtirilib, reja 106 foizga bajarilgan.

Hisobot davrida O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 1 mln 740 ming ta ma’lumotlar kiritildi, shundan 48 954 ta fond, 54 016 ta ro‘yxat, 910 973 ta saqlov birligi va 726 620 ta hujjat bazasi yaratilgan.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq 6 oyda davlat arxivlari tomonidan axborot tizimiga 578 303 ta ma’lumotlar kiritildi, shundan 468 ta fond, 3 307 ta ro‘yxat, 206 177 ta saqlov birligi va 368 351 ta hujjat bazasi yaratildi va reja 143 foizga bajarilgan.

Davlat arxivlari o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 603 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 15 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 162 291 saqlov birligidagi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.