O’zbekistonlik ayol dunyoning “100 nafar ayoli” ro’yxatiga kiritildi
BBC 2024-yil uchun dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va ta’sirli ayollar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ular orasida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun va o‘zbekistonlik tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva bor.
Ma’lum qilinishicha, Dilorom Yo‘ldosheva ikki yil avval baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyog‘ini yo‘qotgan. Falokatga qaramay, u umidsizlikka tushmasdan, o‘zining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun kiyim tikish bo‘yicha shartnomalar tuzib, o‘zi va o‘nlab boshqa ayollarni daromad bilan ta’minladi.
BBC’ning “100 nafar ayol” loyihasi dunyoning turli burchaklaridagi ayollar duch kelayotgan qiyinchiliklarga qaramasdan, ular o‘z zimmasiga yetakchilik vazifasini olib, jamiyatdagi o‘zgarishlar uchun kurashishni davom ettirayotganini yoritib beradi.
Sharhlar