Oʻzbekiston 6 oyda 11,6 ming tonna shokolad import qilgan

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 28,5 mln AQSH dollarlik 11,6 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlarini import qilgan.

O’tgan davrda eng koʻp shokolad va shokolad mahsulotlarini Rossiyadan import qilgan. Jumladan, Rossiyadan 9,7 ming tonna, Niderlandiyadan 0,9 ming tonna mahsulot sotib olingan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2023- yilning yanvar-fevral oylarida 30 ta xorijiy davlatdan 5,6 ming tonna shokolad import qilgan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.