O‘zbekiston arxivlari delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari arxivlarida
“O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov boshchiligidagi O‘zbekiston arxivlari delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari Milliy kutubxonasi va arxivining Arxivlar departamenti direktori Hamad Abdulla Al Mutayri bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zarxiv” agentligi matbuot xizmati yozmoqda.
“Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari Milliy kutubxonasi va arxivi mutasaddilari bilan O‘zbekiston Milliy arxivi uchun bunyod etiladigan yangi bino masalasi muhokama etildi”, – deyiladi xabarda.
Uchrashuv so‘ngida Birlashgan Arab Amirliklari Milliy kutubxonasi va arxivi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi hamda arxivda amalga oshirilayotgan ishlar, saqlov xonalardagi hujjatlarni saqlash tartibi, taʼmirlash jarayonlari bilan tanishtirildi.
Sharhlar