О‘zbekiston Bolalar ombudsmani Jizzaxda rusiyzabon o‘quvchilarning “kaltaklanishi” haqidagi “RosSMI” xabarlariga izoh berdi
О‘zbekistondagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonova Jizzaxdagi maktablardan birida rusiyzabon o‘quvchilar kaltaklangani haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.
Avvalroq Ura.ru internet portali 7-sinf o‘quvchilari o‘zbek tilini bilmaydigan tengdoshlarini muntazam ravishda kaltaklagani haqida xabar bergan edi. Nashr, shuningdek, Rossiyadan kelgan nogiron bola kaltaklanganini ham tilga olgan. Material nashrning veb-saytidan olib tashlanganiga qaramay, hech qanday raddiya berilmadi.
Rahmonovaning “RIA Novosti”ga aytishicha, ularning bo‘limiga bunday holatlar yuzasidan hech qanday rasmiy murojaat kelib tushmagan va bu borada tekshiruv o‘tkazilishini aytgan.
“Biz vaziyatni diqqat bilan o‘rganamiz va keyin ma’lumot beramiz”, – dedi ombudsman.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent maktablaridan birida rus tili darsi vaqtida o‘qituvchi bolani kaltaklagan edi. Natijada maktab direktori ishdan bo‘shatilgan, o‘qituvchi esa jarimaga tortilgan.
Sharhlar