О‘zbekiston Burundi davlati bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi
О‘zbekiston Burundi davlati bilan rasmiy diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. Bu haqda О‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qiladi.
Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
“Burundi О‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi. Biz BMT qarorgohida Burundi tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan qo‘shma kommyunike imzoladik. Ushbu hujjat davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi”, — deya ta’kidlaydi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Ulashish:
Sharhlar