O‘zbekiston “Butunjahon pochta rivojlanishi indeksi” reytingida 41 pog‘ona yuqoriladi
“Butunjahon pochta rivojlanishi indeksi” reytingida O‘zbekiston 41 pog‘ona yuqorilab, 172 ta davlat ichida eng katta o‘sishni qayd etgan davlat sifatida e’tirof etilib, 74-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda fuqarolarga respublikaning istalgan joyidan o‘ziga qulay bo‘lgan pochta aloqasi obyektiga kirib universal pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgani, universal pochta xizmatidan foydalanuvchilar pochta aloqasi obyektiga kelmasdan, oddiy xat-xabarlarini pochta qutilari orqali ham yuborish mumkinligi qayd etilgan.
Sharhlar