O‘zbekiston delegatsiyasi II Arxivchilar xalqaro kongressida ishtirok etmoqda

Foto: O'zarxiv

“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan II Arxivchilar xalqaro kongressida” O‘zbekistonda arxiv ishi hamda raqamlashtirish holati, joriy etilgan axborot tizimlari” mavzusida taqdimot o’tkazdi.

Ushbu kongressda 20 dan ortiq davlatlardan xalqaro ekspertlar, arxiv sohasi rahbarlari ishtirok etdi.

Kongress doirasida o‘tkazilayotgan “Ma’lumotlarni boshqarish tizimlari” nomli davra suhbatida “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev “Internet orqali arxivlar” mavzusida taqdimot o’tkazmoqda.

Shuningdek, ushbu kongress doirasida “Do‘stlik uyi”da ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko’rgazmada arxiv ishiga doir bo‘lgan bir qancha qurilmalar, zamonaviy skaner uskunalari, o‘t o‘chirish vositalari va saqlovxona jihozlari bilan tanishtirildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.