Oʻzbekiston delegatsiyasi “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlarida 88 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi
Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida VIII “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. 25-iyun – 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi 36 ta oltin, 31 ta kumush va 21 ta bronza, jami 88 ta medal bilan 25 ta davlatdan tashrif buyurgan 30 jamoa orasida birinchi oʻrinni egalladi.
“Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu musobaqada qoʻlga kiritilgan ajoyib natija bilan Sport vazirligi, federatsiya va assotsiatsiyalar, murosasiz bahslarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan barcha sportchilar va ularni tayyorlagan murabbiylarni samimiy muborakbod etadi. Mazkur musobaqa kelasi yil Poytaxtda bo’lib oʻtadigan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari oldidan oʻzbekistonlik yosh atletlarning imkoniyatini yana bir bor sinovdan oʻtkazish imkoniyatini berdi”, – deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston delegatsiyasi ertaga soat 08:25 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi.
Sharhlar