O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri Hisorak suv omborida favqulodda vaziyat bo‘lmaganini bildirdi

Абдулла Кулдашев. Фото: МЧС

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev seshanba kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan Hisorak suv omboridagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Bir kun avval bu yerda suv tashlanishi sodir bo‘lib, Oqsuv daryosida suv sathi ko‘tarilib, aholi orasida avariya yuz berishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

“Mutaxassislardan iborat ishchi guruh tezda voqea joyiga yetib keldi va vaziyatni o‘rgandi. Favqulodda vaziyat yo‘qligi aniqlandi. Hisorak suv ombori odatdagidek ishlayapti”, — dedi vazir.

U mutaxassislarning ma’lumotlariga tayanib, joriy yilda yog‘ingarchilikning ko‘p yog‘ishi va isish tufayli tog‘larda qorning tez erishi sababli suv omborida tabiiy suv oqimi ko‘payganini aytdi. Biroq, suv omborining hech qanday ish parametrlari o‘zgarmagan.

Abdulla Qo‘ldoshevning aytishicha, loyiha chiqarish quvvati soniyasiga 250 kubometr bo‘lgani holda bir kun avval soniyasiga 40 kubometr suv tashlash amalga oshirilgan.

“Suv ombori odatdagidek ishlayapti. Xavf, tashvish uchun hech qanday sabab yo‘q. Agar suv oqimining hajmi haqida gapiradigan bo‘lsak, to‘g‘on orqali emas, balki maxsus inshootlar orqali soniyasiga 122 litrni tashkil qilmoqda, kecha esa, hisob-kitoblarga ko‘ra soniyasiga atigi 66 litrni tashkil etgan”, — deydi vazirlik rahbari.

“Shu soha mutaxassisi sifatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari sifatida sizni ishontirib aytamanki, aziz yurtdoshlar, muhtaram fuqarolar, xavotirga o‘rin yo‘q. Bu yerda olib borilayotgan barcha ishlar odatdagidek va dastlabki reja asosida davom etmoqda”, – deya ishontirdi u.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.