Oʻzbekiston futzalda Paragvayga yutqazdi

Foto: Olympic.uz

Futzal bo’yicha jahon chempionati Oʻzbekiston 1 – 4 Paragvay hisobni qayd etdi.

H.Nishonov 35’ — X.Espinoza 16’, A.Baez 17’, F.Martines 24’, X.Salas 26’

Futzalchilarimiz ikkinchi turda Paragvayga imkoniyatni boy berishdi. Kosta-Rikaga qarshi kechadigan hal qiluvchi oʻyinda yigitlarimizga omad tilaymiz.

Eslatib o’tamiz, futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mamlakatimizda start olgan jahon chempionatida dastlabki oʻyinini oʻtkazgandi. Unda Niderlandiyaga qarshi gollarga boy kechgan uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etib,  yigitlarimiz qimmatli 1 ochkoga ega boʻlishgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.