O‘zbekiston ilk bor Global gender tafovuti indeksi hisobotiga kiritildi

O‘zbekiston ilk bor Global gender tafovuti indeksi – 2024 hisobotiga kiritildi. Global Gender Gap Index 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 146 mamlakatlar orasida 0.681 ball bilan 108 o‘rindan joy oldi. Bu haqda “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.

Gender tafovut indeksi mamlakatlarni to‘rtta asosiy toifa (subindeks) –sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisod va siyosat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tafovutni o‘rganadi va mamlakatdagi gender tengligi holatini baholaydi. O‘zbekiston ta’lim darajasi indikatori bo‘yicha 0.990 ball bilan yaxshi natija qayd etdi.

2024-yilda gender tafovuti eng kichik bo‘lgan davlat Islandiya 0.935 ball bilan mamlakatlar orasida yaxshi natija qayd etgan. Gender tafovutlari eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar orasida Yaman (0.568) va Pokiston (0.570) ustunlik qilmoqda.

Barcha subindekslar uchun mumkin bo‘lgan eng yuqori ball – 1 (gender tenglik) va eng past ball – 0 (nomutanosiblik) hisoblanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.