O‘zbekiston jahon chempionatida jami 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

Foto: olypic.uz

Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bir necha kun davom etgan shiddatli bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

E’tiborlisi, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Quyida barcha g‘olib va sovrindorlar ism-familyasi keltirildi:

Oltin medal:
-48 kg: Sayfiddin Sobirov
-57 kg: Samandar Olimov
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov
-86 kg: Akmaljon Isroilov
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev

Kumush medal:
-75 kg: Jafarbek Shaxbozov
+92 kg: Shahzod Polvonov
-48 kg: Jasmin Tohirova
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Bronza medal:
-54 kg: Sobirjon Tastanov
-71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov
-70 kg: Oysha Toirova

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.