O‘zbekiston kiberxavfsizlik bo’yicha e’lon qilingan xalqaro reytingda yuqoriladi

Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (ITU) tomonidan “Global Cybersecurity Index 2024” reytingining yangi nashri taqdim etildi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatlar rivojlanish darajasiga ko‘ra beshta guruhga ajratilgan. O‘zbekiston Kanada, Isroil, Avstriya, Shveytsariya kabi mamlakatlar bilan birgalikda Tier 2 (Advancing) guruhiga kiritildi. Xususan, 2024-yilda mamlakatning ko‘rsatkichi +18.09 ballga yuqorilab, 89,2 ni tashkil qildi. 2020-yilda e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston 71,11 ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) telekommunikatsiya va radioaloqa sohasidagi tavsiyalarni belgilaydigan xalqaro tashkilotdir.

1865-yilda Xalqaro telegraf uyushmasi sifatida tashkil etilgan, 1947-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib hisoblanadi. XEI tarkibida 193 mamlakat va 700 dan ortiq sektor va assotsiatsiyalar mavjud (ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari, davlat va xususiy telekommunikatsiya operatorlari, radioeshittirish kompaniyalari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar).

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.