O‘zbekiston kosmik fazo va boshqa osmon jismlari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilmoqda
Senatorlar 55-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining davlatlarning kosmik fazoni tadqiq qilish va foydalanish, shu jumladan Oy va boshqa osmon jismlari (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) faoliyat printsiplari to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonunni ma’qulladi.
Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlari va osmon jismlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatlarini ochib beradi.
Majlisda bugungi kunda kosmik faoliyat jahon hamjamiyatining globallashuvi va axborotlashtirish jarayonida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Mazkur Shartnoma 1967-yil 10-oktyabrda kuchga kirgan va 2024-yil holatiga ko‘ra, unga 114 ta mamlakat qo‘shilgan.
Sharhlar