,

О‘zbekiston Markaziy banki “Gazprombank”ning UnionPay kartalari blokirovka qilinishiga izoh berdi

Foto: Ochiq manba

О‘zbekiston Markaziy banki va mamlakat banklari “Gazprombank”ning UnionPay kartalarini blokirovka qilmagan, deya xabar beradi regulyator matbuot xizmati.

“Markaziy bank va mahalliy banklar UnionPay kartalari faoliyatini blokirovka qilmagan. To‘liqroq ma’lumotni UnionPay vakillaridan olish mumkin, deb hisoblaymiz”, — deyiladi О‘zbekiston Markaziy bankining xabarida.

О‘zbekiston Markaziy banki 2022-yil yanvar oyida “Gazprombank”ning mamlakatimizdagi vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazgandi. О‘tgan haftada “TASS” mamlakat bo‘ylab bankomatlarda UnionPay kartalaridan naqd pul yechib bo‘lmagani haqida xabar berdi.

Avvalroq О‘zbekiston, shuningdek, Turkiya, BAA, Qozog‘iston, Vengriya, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar banklari Rossiyaning “Gazprombank”i tomonidan chiqarilgan UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.