O‘zbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi ikki bankka nisbatan jarima qo‘lladi
O‘zbekiston Markaziy banki huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi ikki bankni jarimaga tortdi, 20 dan ortiq moliya instituti esa ogohlantirish oldi.
Tekshiruvlar davomida aniqlangan qonunbuzarliklar uchun ikkita bank va bitta mikromoliya tashkilotiga jarima solingan.
Yana 27 ta bank, yettita mikromoliya tashkiloti va ikkita to‘lov tizimi operatori to‘lov tizimlari va tashkilotlarining ustav kapitaliga qo‘yiladigan talablarga rioya qilmagani, Markaziy bankning ko‘rsatmalariga, shuningdek, ularga noqonuniy daromadlarni qonuniylashtirish qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etmagani uchun ogohlantirishlar oldi.
Banklar va mikromoliya tashkilotlari rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, prudentsial me’yorlarga rioya qilish choralarini ko‘rish topshirildi.
Sharhlar