O‘zbekiston nechta davlatga olma va o‘rik mevalarini eksport qildi

Фото: Статистика

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 10 ta davlatga qiymati 4,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 12,4 ming tonna olma eksport qilgan.

Olma eksporti 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7 ming tonnaga oshgan.

2023-yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 11,6 ming tonna
Rossiya – 412 tonna
Qirg‘iz R. – 162 tonna

Shuningdek, O‘zbekiston shu yilning yanvar-may oylarida 29 ta xorijiy davlatlarga qiymati 17,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 12,7 ming tonna o‘rik eksport qilgan.

Eng ko‘p o‘rik eksporti Rossiya, Qozog‘iston va Xitoyga amalga oshirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.