O‘zbekiston ochlik darajasi eng past bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi

Фото: tribuneindia.com

Yangilangan Global Hunger Index ro‘yxatiga ko‘ra, O‘zbekiston ochlik darajasi eng past bo‘lgan 22 davlat qatoridan joy oldi.

Tadqiqot ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekiston aholisining 2,5 foizdan kamrog‘i to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekadi. Bolalarning 6,5 foizi bo‘yi past, 2,4 foizi esa oriqlash bor. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi darajasi 1,3% dan oshmaydi.

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida vaziyat qanday:

– Qozog‘iston – 25-o‘rinda;

– Qirg‘iziston – 36-o‘rinda;

– Turkmaniston – 50-o‘rinda;

– Tojikiston – 65-o‘rinda.

Ochlik bilan bog‘liq murakkab vaziyat mos ravishda 125, 126 va 127-o‘rinlarni egallagan Chad, Yaman va Somalida qayd etilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.